Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" yozga ikki yulduzni tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ularni olish oson bo‘lmaydi

Madridning «Real» klubi kelasi yozda qaysi pozitsiyani kuchaytirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» yozgi transfer oynasini markaziy yarim himoya chizig‘ini mustahkamlashdan boshlashni mo‘ljallamoqda. 

«Real» rahbariyati ikki nomzodni ko‘rib chiqmoqda: shotlandiyalik Skott Maktominey, hozirda «Napoli» sharafini himoya qilayotgan futbolchi, hamda londonlik «Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendi.

Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi ham jamoasini almashtirish variantiga yopiq emas. Maktominey «Napoli» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan, Subimendi esa «kanonirlar» asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotgani aytilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q