“Real” yulduzi Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin
"Manchester Siti" Madridning "Real" klubi qanot hujumchisi Vinisius Juniornig shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Shaharliklar" braziliyalik futbolchini jamoaga qo‘shilishga ko‘ndirmoqchi. Bu haqida Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi Vinisiusga "“qirollik klubi” to‘layotgan maoshdan ko‘proq pul taklif qilmoqchi. Ta’kidlanishicha, "Manchester Siti" vingerni "Real" bilan 2027 yilning yozida tugaydigan mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka ko‘ndirishi mumkin.
Vinisius joriy mavsum barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 11 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 150 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar