“Real” yulduzi Mbappeni ogohlantirdi

  • 2 sentabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubining sobiq yulduzi Xorxe Valdano PSJ forvardi Kilian Mbappega murojaat qildi.

Tecno

Ma’lumki, bir necha mavsumdan beri frantsiyalik forvardning Madrid klubiga ko‘chib o‘tishi keng muhokama qilinmoqda. Biroq, aynan mana shu vaziyat tufayli PSJ, Kilian Mbappe va “Real” munosabatlari tez-tez o‘zgarib turibdi.

- Biz Kilian Mbappe La Ligada o‘ynashiga umid qilgandik. Iqtisodiy tomondan bu shartnomani ko‘tarish bizga oson bo‘lmaydi.

Mbappega eslatib qo‘ymoqchimanki, “Real” odamlarni pul bilan emas, klubning shon-shug‘rati bilan o‘ziga jalb qiladi, - dedi Xorxe Valdano.

Mbappe PSJda 2017 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Parijliklar asosiy yulduzini olib qolish uchun hech qanday mablag‘ni ayayotgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!