"Real" yulduzi yanvarda ketishga qaror qildi
Muhitni o‘zgartirish kerak
«Real» klubi hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida Madrid jamoasini tark etishi kutilmoqda.
20 yoshli braziliyalik futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayapti. Shu bois u boshqa jamoalardan tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga qaror qilgan. Eng jiddiy variantlardan biri sifatida Portugaliyaning «Sporting» klubi tilga olinmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Paulu Fonseka Endrikka muntazam maydonga tushish imkoniyatini kafolatlashini aytgan.
Ispaniya matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, «Real» yosh forvardni faqat ijaraga emas, balki to‘liq sotib yuborish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq bu holatda madriddliklar futbolchining kelajakdagi ehtimoliy transferi uchun muayyan foiz saqlab qolishi yoki shartnomaga qaytarib sotib olish bandini kiritishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Endrik «Real» tarkibida yetti o‘yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt.de sayti uning transfer qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.
Izohlar (0)