“Real” yulduziga kutilmagan xaridor chiqdi

  • 6 yanvar, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachi Toni Kross mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Germaniyalik futbolchida faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish varianti paydo bo‘ldi.

Tecno

“Yuventus” klubi 33 yoshli futbolchiga shartnoma berishga tayyor. Turinliklar Toni Kroosni yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va ma’lum miqdorda badal puli to‘lashga ham rozi.

Toni Kroos joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va oltita assist rasmiylashtirdi. Uning transferi 14 million evroga baholanmoqda.

Bu futbolchiga Angliya Premer ligasi va Germaniya Bundesligasi jamoalaridan ham chorlov bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!