"Real" yulduzini superklub olib ketmoqchi

  • 03.09.2026 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ommaviy axborot vositalari Madrid klubi futbolchini sotishga tayyorligini xabar qilmoqda.

Turkiyaning mashhur «Galatasaroy» klubi «Real» tarkibida to‘p surayotgan fransuz yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga bo‘yicha transfer imkoniyatlarini o‘rganayotgani ma’lum qilindi. Bu haqida FotoMaç nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, «Galatasaroy» Madrid klubiga futbolchi uchun 35 million yevro miqdorida rasmiy taklif yo‘llagan. Avvalroq ispaniyaliklar Kamavinga transferi yuzasidan muzokaralarni kamida 70 million yevro atrofidagi summadan boshlashni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

«Real» rahbariyati turk klubi taklifini yetarli deb topmadi va rad javobi berdi. «Galatasaroy» taklifni oshirib, yana bir bor murojaat qiladimi-yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!