Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Zidandan norozi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Nega bunday bo‘ldi?

Madridning «Real» klubi rahbariyati Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidaning qarorlaridan mamnun emas. Bu haqida The Touchline nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, madridliklar safida to‘p suruvchi fransuz hujumchisi terma jamoa ixtiyoriga yetib kelgan paytdayoq tizzasi atrofida og‘riq sezyotgan edi. Shu bois «Real» rahbariyati Mbappe Millatlar ligasi guruh bosqichi birinchi turida Turkiyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishini kutgan.

Biroq Mbappe uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim boshida o‘yinda yagona gol muallifiga aylandi. Oradan ko‘p o‘tmay, u yanada kuchaygan noqulaylik sabab maydonni tark etdi. 

Madrid klubida Zidan boshchiligidagi Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabi futbolchining sog‘lig‘iga nisbatan yetarlicha ehtiyotkorlik qilmagan, degan fikr shakllangan.

Keyinroq «Real» matbuot xizmati rasmiy ma’lum qilishicha, hujumchida chap tizza orqa kapsulasida gipercho‘zilish tashxisi qo‘yilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q