Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real” zo‘rga yutdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoa oxirigacha kurashdi

Ispaniya La Ligasining 2026/2027 yilgiy mavsumi 6-turidan o‘rin olgan “Elche” va “Real” klublari o‘rtasidagi uchrashuv gollarga boy bo‘ldi.

Bahs Elche shahridagi “Manuél Martínez Valero” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni bosh hakam sifatida Xesus Xil Mansano boshqardi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida “Elche” darvozaboni Matias Dituro o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Sakkiz daqiqadan keyin hujumchi Kilian Mbappe “Real”ning ustunligini mustahkamladi.

O‘yning ikkinchi yarmida Abьel Osorio  va Fer Ninyo madridliklar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Ammo “Real” baribir uch ochkoni olib ketdi. O‘yin yakunlanishi arafasida yosh hujumchi Karlos Espi Mbappening uzatmasidan keyin madridliklarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

La Liganing olti turidan keyin “Real” 15 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Elche” esa ikki ochko bilan 20-o‘rinda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q