“Real”da 4-raqam talash bo‘lyapti
Madridning “Real” jamoasida 4-raqamning yangi egasi paydo bo‘ladi. Bu raqam avval klub bilan amaldagi shartnomasi tugagan avstriyalik himoyachi David Alabaga tegishli edi.
Jurnalist Migel Anxel Diyasning ma’lum qilishicha, markaziy himoyachilar Din Xöysen va Raul Asensio 4-raqam ostida o‘ynash istagini bildirgan. Ayni paytda asosiy da’vog‘ar sifatida Din Xöysen ko‘rilmoqda.
4-raqam “Real” uchun alohida ahamiyatga ega. Bu raqamdan David Alabadan avval Serxio Ramos, Fernando Yerro kabi afsonaviy futbolchilar foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Xose Mourinyo 13 yillik tanaffusdan so‘ng “Real” bosh murabbiyi sifatida klubga qaytdi. U Alvaro Arbeloaning o‘rnini egalladi.

Fikrlar