“Real”da katta yo‘qotish!
Ispaniya chempionatining o‘n birinchi turida “Real” futbolchilari “Santyago Bernabeu” stadionida “Valensiya”ni qabul qilib, 4:0 hisobida zafar quchdi va ligadagi peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi.
Bu o‘yin Xabi Alonso jamoasi uchun yo‘qotishsiz o‘tgani yo‘q. Jamoaning muhim o‘yinchilaridan Arda Gyuler uchrashuvni davom ettirila olmadi va ikkinchi bo‘limga chiqmadi. Bungacha 20 yoshli turk futbolchisi jamoadoshi Kilian Mbappega golli pas uzatib, natijaga ta’sir o‘tkazgan edi.
Jurnalist Gilermo Raining ma’lum qilishicha, Arda Gyuler o‘yinda to‘pig‘idan shikastlangan. Xabi Alonso jarohat jiddiylashib ketmasligi uchun yosh futbolchini tanaffus vaqtida zaxiraga olishga qaror qildi.
Endi “Qirollik klubi” tibbiyot xizmati Arda Gyulerni tezroq safga qaytarishga harakat qiladi. Chunki “Real” 4 noyabr kuni Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich to‘rtinchi turida Angliyaga safar qilib, “Liverpul” bilan kuch sinashadi.



Fikrlar