“Real”da katta yo‘qotish
Endi u keyingi yil qaytadi
“Real” tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuameni jarohat olgani bois qo‘shimcha chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijasi uning chap oyoq tovon qismida suyuk sinishi borligi aniqlanganini ko‘rsatdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday jarohatdan tiklanish ikki oygacha davom etadi.
Endi Tchuameni 2023 yil davomida jamoasiga yordam bera olmasligi aytilmoqda.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Real” safida barcha turnirlarda 14 marotaba maydonga tushgandi. U o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan.
Izohlar (0)