“Real”da o‘ynamayman!

  • 29.06.2025 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal”ning yosh himoyachisi Mayls Lyuis-Skelli Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tib, qudratli jamoa “Real” safiga qo‘shilish imkoniyatidan foydalanmadi.

Madridliklar 18 yoshli futbolchini erkin agent maqomida bepul transfer qilishga urinib ko‘rgan edi.

Iqtidorli o‘yinchi “Qirollik klubi”ning chorlovlariga e’tibor qaratmasdan, “kanonirlar” bilan shartnomani yangilab, Londonda qolishga qaror qildi.

The Times nashrining yozishicha, yangi shartnoma imzolanganidan keyin Mayls Lyuis-Skelli o‘z tengqurlari orasida jahon futbolida eng katta maosh oladigan futbolchi qatoriga qo‘shildi. Aksariyat manbalar “Arsenal” yosh iste’dod egasi bilan besh yillik bitim tuzganini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!