
"Real"ga Kepa yoqib qoldi
"Real" darvozabon Kepa Arrisabalagani "Chelsi"dan to‘laqonli sotib olishga qarshi emas. Bu haqda "The Sun" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" darvozabon uchun 17,5 million funt to‘lashga tayyor. Agar londonliklar ko‘proq summa talab qilsa, transfer amalga oshmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kepa ayni damda Madrid klubida ijara asosida harakat qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2023/24 mavsumi yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar