“Real”ga qimmatbaho yulduz kelyapti

  • 08.01.2026 08:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Kristal Pэlas” tarkibida porlayotgan angliyalik yarim himoyachi Adam Uorton faoliyatini Ispaniya chempionatining top-klubida davom ettirishi mumkin.

Bu haqida AS jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli yarim himoyachini Madriddning “Real” klubi o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Futbolchining ehtimoliy transferi 70 million yevro atrofida baholanmoqda.

“Qirollik klubi” Uortonni maydon markazida fransuz Orelien Tchuameniga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Adam barcha musobaqalarda “burgutlar” safida 27 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Yarim himoyachining «Kristal Pэlas» bilan shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!