“Real”ga umuman qaytmayman!

  • 26 noyabr, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati qishki transferlar vaqtida jamoaning sobiq futbolchisi Kazemironi “Manchester Yunayted”dan qaytarib olib kelishni rejalashtirgan edi.

Tecno

Madridliklar u yo‘l orqali ham maydon markazini tajribali o‘yinchi yordamida mustahkamlash, ham braziliyalik futbolchi yosh o‘yinchilarga ijobiy ta’chir o‘tkazishini ta’minlashni ko‘zlagandi.

Trivela nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi “Qirollik klubi”ning taklifga o‘z munosabatini bildirdi.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli yarim himoyachi Madridga qaytishni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, Kazemiro 2013-2022 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilgan va jamoa bilan klublar miqyosidagi deyarli barcha nufuzli musobaqalarda g‘olib chiqqan.

Kazemironing manchesterliklar bilan hamkorligi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!