Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Real”ga Xoland Mbappedan muhimroq

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qay biri zo‘r?

“Real” rahbariyati PSJ forvardi Kilian Mbappedan ko‘ra, “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni olib kelishni muhimroq sanamoqda, deb axborot tarqatdi BolaSport nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, norvegiyalik hujumchi maridliklarning kelasi yozdagi asosiy nishoni bo‘ladi. Bungacha Xoland agar madridliklar Mbappeni qo‘lga kirita olmasa, zaxira varianti sifatida tilga olinayotgan edi.

Aslini olganda, “Real” yaqin kelajakda hujum chizig‘ida Mbappe va Xolandni birga o‘ynatishni rejalashtirayotgan variantlar ham borligi aytilmoqda.

Yaqinda Angliya matbuoti Erling Xoland “Real”ni yoqtirishi va kelajakda aynan mana shu jamoada o‘ynashni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

23 yoshli forvardning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha davom etadi. Biroq uning bitimida 180 million evro atrofida badal pulini to‘lab, transfer qilish imkoniyati ko‘rsatilgan band bor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q