Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real”ning transferi barbod bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Ish oxiriga etib bormadi

Yozgi transferlar davrining so‘nggi kunlarida “Real” rahbariyati bosh murabbiy Xabi Alonsoning ishonchini qozana olmagan futbolchilardan qutilishga harakat qilmoqda.

“Qirollik klubi” mutasaddilari Dani Sebalosni so‘ragan “Marsel” bilan muzokaralarni ijobiy yakunlagan va o‘yinchini qo‘yib yuborishga rozilik bergandi.

Frantsiyaning etakchi klublaridan hisoblangan “Marsel”  ispaniyalik yarim himoyachini keyinchalik 11 million evroga transfer qilish va to‘rt million evro bonus to‘lash sharti bilan ijaraga olishni taklif qildi.

Bu variant “Real”ga ma’qul keldi. Biroq Dani Sebalos oxirgi pallada “Marsel”ga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Manbalarda aytilishicha, 29 yoshli futbolchini Liga 1 darajasi qoniqtirmagan va u Frantsiya chempionatiga o‘tishni ortga tashlangan qadam sifatida baholashini bildirgan. Shu tufayli “Real” kelishgan transfer barbod  bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q