“Real”ning yangi yulduzini Angliyada kutishyapti
Agar “Real” qishki transferlar davrida o‘z hujumchisi Gonsalo Garsiyani ijaraga qo‘yib yuborishga qaror qilsa, “Brayton” va Angliya Premer-ligasining boshqa klublari uni ijaraga olishi mumkin.
Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yozda 21 yoshli hujumchiga Angliyaning “Lids” va “Sanderlend” klublari qiziqish bildirgan. Futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ijara variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Joriy mavsumda Garsiya barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yinda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 15 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar