“Real”ning yozdagi bipmechm transferi aniq bo‘ldi

  • 28.03.2026 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Futbol insayderi Fabrizio Romano “Real” klubining yozgi transfer oynasidagi birinchi yangi oʻyinchisi kim boʻlishini aytdi va bitim tafsilotlarini ochiqlandi.

Jurnalist maʼlumotiga koʻra, madridliklarning birinchi xaridi “Komo” yarim himoyachisi Niko Pas boʻladi.

- “Real” Niko Pasning kelajagini toʻliq nazorat qiladi va uni uzoq muddatli loyihaning bir qismi sifatida koʻradi. Bu futbolchi yozdagi birinchi xarid boʻlishi kutilmoqda, - deb yozdi Romano X ijtimoiy tarmogʻida.

Manbaga koʻra, “Real” oʻz tarbiyalanuvchisini qaytarib olish imkoniyatiga ega, u 2024 yilda Italiya klubiga oʻtgan edi.

Joriy yozda “Qirollik klubi” uchun Pas transferi uchun toʻlanadigan badal puli 9 million yevro, keyingi yilning yozida esa, 10 million yevro boʻladi.

Bundan tashqari, shartnomada madridliklar futbolchining keyingi transferidan 50% ulush olishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!