Reşford "Barselona"da qolishi mumkin
"Barselona" vingeri Markus Reşford joriy mavsum yakunlangandan keyin ham jamoada qolishi mumkin.
Kataloniya klubi angliyalik futbolchini mavsum oxiriga qadar "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan. Hozircha to‘liq transfer bo‘yicha kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, "ko‘k-anorranglar" 28 yoshli o‘yinchini kamida yana bir yil saqlab qolishni istamoqda.
Mashhur jurnalist Jerard Romero ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati futbolchining ijara shartnomasini uzaytirishni rejalashtiryapti. Biroq bunday variant "Manchester Yunayted"ni qanchalik qoniqtirishi hozircha noma’lum.
Shanba kuni Markus Reşford Hans-Diter Flik jamoasiga "Osasuna" ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabada yordam berdi va Robert Levandovskiga golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar