Рэшфорд raqib jamoaga o'tib ketadi
Shu yulduz juda erta so‘ndi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reşford qishki transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida futbol bozoridagi ma’lumotlari bilan tanilgan insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 28 yoshli futbolchiga Angliya premyer-ligasining boshqa klubi – «Everton» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o‘rtasida ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani aytilmoqda. Shu bois, Markusning yanvar oyida «Manchester Yunayted»ni tark etishi real variant sifatida ko‘rilmoqda.
Reşfordning «qizil shaytonlar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfer bozorida u 35 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsumda Angliya chempionati doirasida Reşford olti o‘yinda maydonga tushdi, ammo haligacha gol ham, golli uzatma ham qayd etolmadi.
Izohlar (0)