Reshfordga uchta jiddiy xaridor chiqdi
Joriy mavsumda ijara asosida “Barselona”da o‘ynayotgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reşford bir nechta Yevropa top-klublari qiziqish doirasiga tushgan.
Italiya chempionatidan “Yuventus”, shuningdek Angliya Premier-ligasi vakillaridan “Arsenal” va “Chelsi” angliyalik tajribali hujumchini qolga kiritishga harakat qilyapti.
“Barselona” ham Markussni o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi. Biroq kataloniyaliklar moliyaviy holatidan kelib chiqib, manchesterliklar bilan mavsum boshida kelishilgan 30 million evroni to‘lay olmayapti va Reşfordni kelasi chempionatda ham ijara asosida o‘ynatishga qaror qilgan.
“Manchester Yunayted” esa, 28 yoshli futbolchini to‘liq sotib yuborish siyosatini qo‘llayapti.
Joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida Markus 24 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar