Reynders ilk uchrashuvda nomini tarixga yozdi

  • 18.08.2025 08:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning yangi o‘yinchilaridan Tijani Reynders Angliya Premer-ligasidagi debyut uchrashuvidayoq o‘z nomini futbol tarixiga yozdirib qo‘ydi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi “Vulverxepmton” bilan bo‘lgan bahsda bittadan gol va assist bilan 4:0 hisobidagi g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

27 yoshli markaziy yarim himoyachi shu paytgacha “Manchester Siti” tarixida faqat bir o‘yinchi erishgan natijani takrorladi.

Gap shundaki, shu paytga qadar faqat argentinalik sobiq hujumchi Serxio Aguero klub tarixida debyut uchrashuvida ham gol urgan, ham samarali pas uzatgan yagona futbolchi hisoblanardi. Agueroning bu ko‘rsatkichni 2011 yili qayd etgan.

Mana oradan 14 yil o‘tib, Tijani Reynders APLdagi faoliyatida gol va assist bilan boshladi.

“Manchester Siti” ikkinchi turni 23 avgust kuni o‘z maydonida o‘tkazadi. Xosep Gvardiola shogirdlari navbatdagi uchrashuvda kuchli raqib – “Tottenxem” bilan kuch sinashadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!