Rikki Xattonning o‘lim sababi ma’lum
Avvalroq, professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Rikki Xattonning o‘limi haqida xabar bergan edik.
Sportchining menejeri Pol Spik 14 sentyabr kuni ertalab Xattonni o‘z uyi — Xayd shahrida jonsiz holda topganini bildirgandi.
Bugun esa tibbiy tekshiruv natijalari e’lon qilindi.
"Dastlabki tekshiruvlar, o‘lim sababi osilish ya’ni o‘z joniga qasd qilganlikni ko‘rsatmoqda. Biroq biz yana izlanishni davom ettiramiz", — dedi koroner "Reuters" nashriga.
Ma’lumot uchun, 14 sentyabr kuni 46 yoshni qarshilagan britaniyalik bokschi so‘nggi jangini 2012 yil 24 noyabrda o‘tkazgandi.



Fikrlar