
Rimda Simona Xalep navbatdagi titulini yutdi
Rimda o‘tkazilayotgan "Masters" turniri yakunlanish arafasida. Bugun final uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ruminiyalik Simona Xalep hal qiluvchi o‘yinda chexiyalik raqibasi Karolina Plishkovani mag‘lub etdi. Xalep birinchi setni butunlay ustunlikda o‘tkazdi va 6:0 hisobida o‘z foydasiga yozdirib qo‘ydi. Ikkinchi setda ham 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan bir vaqtda, raqibasining oyog‘idan olgan jarohati pand berdi va uchrashuv muddatidan avval Simona Xalep foydasiga hal bo‘ldi.
Bu orqali ruminiyalik tennis malikasi ketma-ket 3-bor titulni rasmiylashtirdi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 o‘yinga etkazdi. Shuningdek, endi Xalep 2 098 290 dollar mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini qabul qilib oladi.
Fikrlar