Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Rio Ferdinand: "Luis Enrique — mutlaq geniy"

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Sobiq futbolchi ispaniyalik mutaxassisni alohida e'tirof etdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Chempionlar ligasi finalida PSJning "Arsenal" ustidan qozongan g'alabasiga munosabat bildirdi.

Hal qiluvchi bahsning asosiy va qo'shimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa parijliklar 4:3 hisobida ustun kelib, bosh sovrinni qo'lga kiritishdi.

Ferdinand ijtimoiy tarmoqda quyidagi fikrlarni qoldirdi:

"Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi g'alaba... PSJni tabriklayman! Luis Enrique — mutlaq geniy.

“Arsenal”ni ham tabriklayman. Ajoyib mavsum o'tkazdingiz va jamoa haqidagi qarashlarni o'zgartirdingiz.

Gabriel haqiqiy qoyа kabi mustahkam futbolchi. U penalti uchun o'zini aybdor his qilmasligi kerak", — deb yozdi Ferdinand.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q