Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rio Ferdinand: «Shon-shuhrat Ronalduga!

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Rio Ferdinand Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tarixidagi ilk yirik sovrinlarga olib chiqqanini ta'kidlab, unga hurmat so'radi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Portugaliya terma jamoasidan Krishtianu Ronalduning ketishi ortidan yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, kecha Kopenhagenda Daniyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi (4:2) oldidan Ronaldo bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilik tufayli Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgani xabar qilingan edi. OAV maʼlumotlariga koʻra, 41 yoshli hujumchi terma jamoa safidagi faoliyatini yakunlagan.

Ferdinand oʻz podkastidan bir parcha eʼlon qilib, unda Ronalduning butun karʼyerasi haqida toʻxtalib oʻtdi.

«Krishtianu Ronaldo paydo boʻlguncha Portugaliya qaerda edi? Umuman nimaga erishgan? Katta turnirlarga muntazam chiqarmidi oʻzi? Gʻalabalar haqida gapirmasak ham boʻladi.

Meni eng koʻp xafa qiladigan jihat – koʻpchilik uni faqat oxirgi uch-toʻrt yili orqali baholayapti. U hali ham uning yoshidagi futbolchi uchun hayratlanarli statistik koʻrsatkichlarni qayd etyapti. Qaysi chempionatda oʻynashi muhim emas, bu raqamlar har holda juda yuqori darajada», – deydi Ferdinand.

Uning soʻzlariga koʻra, Ronalduni baholashda butun yoʻlini koʻz oldinga keltirish kerak.

«Odamlar bir daqiqagina oʻtmishga nazar tashlashsin. Uning «Yuventus»dagi davrini eslashsin, u yerda nimaga erishganini koʻrishsin. «Real»dagi yillari, «Manchester Yunayted»dagi vaqti. Gʻoy u bir karʼyera doirasida uchta alohida yoʻlni bosib oʻtgandek. Uchinchi darajali emas, uchta jahon darajasidagi karʼyera haqida gapiryapmiz», – deya taʼkidlaydi Ferdinand videoda.

«Ronalduga hurmat! Iltimos, bu yigitga nisbatan bir oz boʻlsa-da hurmat koʻrsatinglar», – deya yozib qoʻydi Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi oʻz nashri ostida.

Statistikaga murojaat qiladigan boʻlsak, Portugaliya jami toʻqqiz marta jahon chempionatiga yoʻllanma olgan. Shularning olti tasi Ronaldo 2003 yil avgust oyida terma jamoada debut qilgandan keyin amalga oshgan.

Yevropa chempionatida ham shunga oʻxshash manzara kuzatiladi: Portugaliya toʻqqiz marta final bosqichiga yoʻl olgan boʻlsa, ularning olti tasi Ronaldo davriga toʻgʻri keladi. Ayni shu futbolchi bilan birga Portugaliya tarixidagi ilk yirik sovrinlarni qoʻlga kiritdi: 2016 yilda Yevropa chempioni boʻldi, shuningdek, 2019 va 2025 yillarda ikki marta Millatlar ligasida gʻolib chiqdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q