“Rio Open – 2018" turniri kortlari qizimoqda
Braziliyada o‘tayotgan “Rio Open – 2018" turnirida birinchi davra bahslar davom etmoqda.
Ushbu bosqichda argentinalik Gvido Pelya portugaliyalik Gashtao Eliashga 4:6, 7:5, 5:7 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, ispanilik Fernando Verdasko argentinalik Leonardo Mayerni ustidan 6:2, 3:6, 6:3 hisobida zafar quchdi.
Endi Eliash braziliyalik Tyago Monteyro, yoki urugvaylik Pablo Kuevasaga qarshi kortga chiqadi. Verdasko esa ikkinchi davrada Dominikan vakili Viktor Estrel va argentinalik Nikolas Kiker uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.


Izohlar (0)