Risharlison superklubga qaytmoqda
«Everton» yarim himoyachisi Iliman Ndiaye faoliyatini Londonning «Tottenxem» klubida davom ettirishi kutilmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha ishonchli manbalardan biri hisoblangan insayder Devid Ornshteyn ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasida transfer borasida kelishuvga erishilgan. Shu bilan birga, «Tottenxem» hujumchisi Risharlison «Everton» safiga yo‘l olishi rejalashtirilgani qayd etilmoqda. Biroq bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro almashinuv emas, balki ikki alohida transfer sifatida rasmiylashtiriladi.
Bitimlarning yakuniy rasmiylashuvi futbolchilar bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuv va tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi paytda «Everton» to‘rt ochko jamg‘argan holda Angliya premyer-ligasi jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Tottenxem» esa ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng musobaqa jadvalida oxiridan ikkinchi pog‘onada joylashgan.

Fikrlar