Risharlison "Tottenxem"ni sudga beryapti
Munosabatlar buzildi
Braziliyalik hujumchi Risharlison «Tottenxem» bilan shartnomani bekor qilish uchun sudga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida The Athletic nashriga tayanib xabar berilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar forvardni yangi mavsum uchun Angliya premyer-ligasi ro‘yxatiga kiritmagan. Bunga Risharlisonning o‘zi rahbariyatga jamoani almashtirish niyati borligini aytgani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng uni mavsum uchun ariza ro‘yxatiga qo‘shmaslikka qaror qilingan, ammo futbolchining yangi klub topish bo‘yicha urinishlari hozircha samara bermagan.
Nashr manbalariga ko‘ra, hozirda Risharlison va uning vakillari shartnomaning qolgan qismini muddatidan oldin bekor qilish uchun sud tartibida da’vo kiritish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Risharlison 2022 yil yozidan buyon «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda u klub tarkibida Angliya premyer-ligasida 32 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan.

Izohlar (0)