Rivaldo Yamalga maslahat berdi
Braziliyalik sobiq futbolchi uni OAVdagi mojarolarga aralashmaslikka chaqirdi.
Rivaldo Lamin Yamalning ziyofati va mojarolar haqida o‘z fikrini bildirdi. Braziliyalik sobiq futbolchi uni OAVdagi mojarolarga aralashmaslikka chaqirdi.
"Lamin aqlli yigit. Umid qilamizki, u kelajakda bunday mojarolar va karerasiga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan har qanday xolatdan qochish uchun xamma narsani qayta o‘ylab ko‘radi.
Lamin sog‘lom fikrga ega va qaysi davrda yashayotganini tushunadi. Uning xatti-harakatlariga doimo etibor qaratiladi.
Barcha uning porlashda davom etishini, yaxshi o‘ynashini va karerasiga to‘siq bo‘luvchi narsalardan uzoqroq turishini istaymiz. Uning maydonda nimalar qilayotgani haqida gaplashishni xoxlaymiz", - deydi braziliyalik sobiq Jaxon chempioni.
Avvalroq, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa futbolchilaridan norozi ekani malum bo‘lgandi. U futbolchilarga bir nechta ta’qiqlar qo‘ydi. Bu qarorga aynan Yamalning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan bazm atrofidagi mojaro sabab bo‘lgan.
Izohlar (0)