Asosiy mazmunga oʻtish

Robert Uittaker Xamzat Chimaevga munosib raqib topdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Avstraliyalik jangchi chechenga raqib topib berdi.

O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker Xamzat Chimaev va Israel Adesanya o‘rtasida jang tashkil etishni taklif qildi.

“Chimaev chempionlik jangini olishga juda yaqin turibdi. Ehtimol u bunga loyiqdir, biroq men bu fikrga qo‘shilmayman. Xamzat avval Adesanya ustidan g‘alaba qozonishi kerak. Shundagina chechenga kamar uchun imkoniyatni taqdim etish mumkin" - dedi avstraliyalik jangchi.

Eslatib o‘tamiz, oktyabrdagi to‘qnashuvda Chimaev birinchi raunddayoq Robert Uittakerni mag‘lub qilgandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q