Asosiy mazmunga oʻtish

Rodri "Barsa" ilib ketmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

"Real" doğda qolishi mumkin

Ispaniyaning amaldagi chempioni «Barselona» rahbariyati «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaning yozishicha, kataloniyaliklar futbolchining jahon chempionatidagi o‘yinidan juda katta taassurot olgan. Shu bilan birga, Rodri bo‘yicha ehtimoliy kelishuv to‘liq Frenki de Yongning kelajagiga bog‘liq: gollandiyalik yarim himoyachi sotilgan taqdirdagina bu transfer amalga oshishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Rodriga «Real» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

«Manchester Siti» esa futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasi tuzishni rejalashtirgan. Biroq yarim himoyachining o‘zi Ispaniyaga qaytishni istamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q