Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Rodri: "Bu men uchun sharaf"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Ispaniyalik yarim himoyachi unga "Real" qiziqqani haqida gapirdi

Xabaringiz bor, Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodrini sotib olishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Rodrining o‘z shu xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. 

"Real" tarixdagi eng nufuzli klub, shu bilan birga muvaffaqiyatli jamoa ham hisoblanadi. Bunday klub menga qiziqish bildirgan ekan, bu men uchun har doim sharaf. Eng asosiysi buni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi" - dedi "shaharliklar" futbolchisi.

Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Siti" a’zosi bir necha hafta oldin tizzasidan og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Rodri 28 oktyabr kuni "Oltin to‘p" sovrini ham qo‘lga kiritdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q