Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rodri jamoadoshini jarohatlandi va maydonni tark etdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Rodri raqibni ham, jamoadoshini ham ayamadi

«Barselona»ning «Valensiya»ga qarshi safarda o‘tkazgan uchrashuvida g‘alati hodisa sodir bo‘ldi. 

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ispaniya chempionati to‘rtinchi turida «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda ilk bor asosiy tarkibdan o‘rin oldi. Birinchi bo‘lim oxirida u burchak zarbasidan keyin yuborilgan baland uzatma paytida jamoadoshi Erik Garsiya bilan to‘qnashib ketdi.

Rodri maydonning o‘zida jamoadoshidan uzr so‘radi, ammo Erik Garsiya o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rniga maydonga Jyul Kunde tushirildi.

Ikkinchi bo‘lim boshlarida Rodri qo‘pol o‘yin uchun sariq kartochka bilan ham jazolandi. 

Bu bahsda kichik ko‘ngilsizliklarga qaramay, kataloniyaliklar raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi va yuz foizlik natija bilan yakka peshqadamga aylandi.  

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q