Rodri La Ligadagi yubileyini nishonladi
Yuzta o'yin
Ispaniya chempionati doirasida navbatdagi oʻyinini oʻtkazayotgan kataloniyalik «Barselona» bugun maydonda raqibni aymayapti. Xansi Flik shogirdlari «Valensiya» darvozasini toʻpga toʻldirib, hozirga qadar beshta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Bu bellashuv «Barsa»ning yangi futbolchisi, yarim himoyachi Rodri Ernandes uchun ham oʻziga xos sana boʻldi. U La Ligadagi yuzinchi oʻyinini oʻtkazmoqda. Shuni taʼkidlash kerakki, bu oʻyinlarning katta qismi «Barselona» safida emas, balki ungacha toʻp surgan ispaniyalik jamoalari — «Vilyarreal» va «Atletiko» tarkibida oʻtgan.
Rodri 2019 yili Ispaniya chempionatini tark etgan, oʻshanda u Angliyaning «Manchester Siti» klubidan taklif qabul qilgan edi. Yetti yillik uzoq safarlar va legionerlik tajribasidan soʻng esa u yana vataniga qaytdi va bu safar «Barselona» sharafini himoya qila boshladi.

Izohlar (0)