
Rodri Messi va Ronalduni taqqosladi
"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taqqosladi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar berdi.
- Men uchun eng yaxshisi - Lionel Messi. Krishtianu Ronaldu tug‘ma iste’dodsiz bo‘lsa-da, Messi darajasiga ko‘tarila oldi. Biroq, ularga qarshi o‘ynagan futbolchilar farqni aniq his qilishadi.
Biz Krishtianuning jarima maydonchasi ichiga kirishini istamasdik. Sababi bu juda xavfli edi. Messi esa maydonning har bir qismida faol, - dedi yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, Rodri 28 oktyabr kuni "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar