Rodri nega "Barsa"ni "Real"dan ustun qo'ydi?

  • 18.08.2026 14:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri «Barselona» safiga o‘tish jarayonini yakunlash arafasida turibdi.

30 yoshli futbolchi allaqachon Kataloniya poytaxtiga yetib kelgan. Yaqin soatlarda u tibbiy ko‘rikdan o‘tib, kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

Ispaniya terma jamoasi yulduziga «Real Madrid» ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq Rodri o‘z tanlovini «Barsa» foydasiga qilgan. 

Marca nashri yozishicha, havbekning qarori moliyaviy omillar bilan bog‘liq emas – har ikki klub taklif etgan shartlar deyarli bir xil bo‘lgan. 

Asosiy omil sifatida sport loyihasi ko‘rsatilmoqda: futbolchi «Real» rejalarini noaniq, «Barselona» dasturini esa aniqroq va ishonarli deb baholagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrining transferi «Barselona»ga bonuslar bilan birga 76,5 million yevro atrofida tushadi. Jahon chempioni bilan mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!