Rodri: "Real" "tuzo‘g‘i"ga tushmaymiz
Bu usul unga o‘tmaydi
«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes bugun kechga belgilangan «Real Madrid»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«El klasiko»da Kataloniya klubi uchrashuvga aniq favorit sifatida kirib kelayotgani aytilmoqda. Biroq Rodrining ta’kidlashicha, bunday baholarga ortiqcha ahamiyat berish kerak emas.
- «Real» raqibni aldab, uning o‘ziga ishonchini jazolashi mumkinmi? Biz bilan bu usul ishlamaydi – kamida men bilan. Bu yillar davomida «Real»ga juda ko‘p bor qarshi o‘ynagaman va bu jamoani juda yaxshi bilaman.
Ular raqibni g‘oyoki yaxshi formada emasdek ishontirishni juda mahorati bilan amalga oshirishadi. Lekin asl haqiqat shundaki, «Real» har qanday sharoitda, har qanday holatda ham xavfli va kuchli», – deya Rodrining so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.
«Barselona» bu hal qiluvchi to‘qnashuv oldidan turnir jadvalida «Real»dan olti ochko oldinda bormoqda.

Izohlar (0)