Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rodri superklub taklifini rad etdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Uning maqsadi boshqa

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrigga nafaqat Madriddning «Real» klubi, balki ularning ashaddiy raqibi  «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Cadena SER ma'lumoticha, kataloniyaliklar «shaharliklar» yetakchilaridan biriga aylangan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni juda istamoqda. 

Biroq hozircha Rodri «Barselona» taklifiga ochiqchasiga rozilik bermagan. Shu bois, 30 yoshli futbolchi uchun kurashda «Real» hozircha peshqadamligini saqlab turibdi.

Avvalroq bir qator manbalar Rodrining karerasini aynan madriddliklar jamoasida davom ettirishni xohlayotgani haqida xabar bergan edi. «Real» rahbariyati esa transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi. Angliyaga yo‘l olishidan oldin u o‘z vatanida «Atletiko» tarkibida to‘p surgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q