Rodri Yamalning jamoadagi ahamiyati haqida fikr bildirdi

  • 13.07.2026 14:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes jamoada 19 yoshli qanot hujumchisi Lamin Yamalning o‘rni va ahamiyati haqida fikr bildirdi.

 

«Murabbiyimiz Laminga maydonda yanada xotirjam o‘ynash kerakligini aytdi. Baʼzan u o‘zini ko‘rsatishga juda ham shoshadi, har bir epizodda nimanidir isbotlashga urindi. O‘zini tiyishni o‘rganishi zarur. Lamin bizning jamoa uchun juda muhim futbolchi. U juda zukko o‘yinchi. O‘zini to‘liq namoyon etishi uchun unga to‘g‘ri fursat kerak», – deya Rodrining so‘zlarini keltiradi Fox Sports.

 

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati – 2026 yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv seshanba, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 23:59ga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!