Rodri yana operatsiya qilinadi
"Manchester Siti" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri jahon chempionati yakunlangach jarrohlik amaliyotiga yotishi kutilmoqda. Bu haqida Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, "Manchester Siti" klubi futbolchining sog‘ligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan rasmiy izoh berishdan bosh tortgan.
Manba ta'kidlashicha, operatsiyadan keyingi tiklanish jarayoni uzoqqa cho‘zilmaydi. Shu bilan birga, "Manchester Siti"ning markaziy yarim himoyachisi 2026/2027 yilgi mavsumning bosh qismida maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi etib Enzo Mareska tayinlangan edi.

Fikrlar