
Rodrigo Modrich bilan xayrlashdi
Xabaringiz bor, 39 yoshli Luka Modrich mavsum yakunlangandan so‘ng "Real Madrid" bilan xayrlashishini e’lon qildi. Ushbu voqeadan so‘ng braziliyalik vinger Rodrigo xorvatiyalik jamoadoshi bilan maktub yo‘lladi.
"Bugun men va barcha madridliklar uchun juda qayg‘uli kun - yaqinda 10-raqam ostida maydonga tushmasligingni bildik.
Bu klubga o‘tganimdan buyon men uchun qanchalik ahamiyatga ega bo‘lganingni so‘z bilan ifodalash qiyin. Men maydonda ham, maydondan tashqarida ham sendan ko‘p narsalar o‘rgandim. Sening etakchiliging va qat’iyating mening xotiramda abadiy iz qoldiradi.
Har bir pas, maslahat va yordam uchun rahmat. Shuncha yilni sen bilan birga o‘tkazish orzu edi!
Hayotning yangi bosqichidan bahramand bo‘ling, Afsona! Seni yaxshi ko‘raman" - deb yozdi "qaymoqranglilar" vingeri.
Fikrlar