Rodrigo "Real"ning eng jahldor oʻyinchisini aytdi
Jahli tez chiqadi
«Real» jamoasi yarim himoyachisi Rodrigo jamoada eng tez jahli chiqadigan futbolchini aytdi. U bu borada «Qirollik klubi» kapitani Federico Valverdeni alohida tilga oldi.
«Jamoada eng tez jahli chiqadigan o‘yinchi — Fede Valverde», — dedi Rodrigo klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Valverde mashg‘ulot paytida Orelien Tchuameni bilan mushtlashib qolgan edi. Jarohat olgan urugvaylik futbolchiga shifokorlar yordam kerak bo‘lgan. Har ikki o‘yinchi ham vaqtincha jamoadan chetlatilgan, ammo hozirda ular yana asosiy tarkibga qaytgan.
Izohlar (0)