Rodrigoni bering, 60 million yevro sanaymiz!
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” mutasaddilari “Real”ning braziliyalik hujumkor futbolchisi Rodrigo Goesni transfer qilish g‘oyasini yana jonlantirdi.
Bu ko‘p jihatdan 33 yoshli Muhammad Salohning klubda yuz bergan ziddiyatdan keyin kelajagi mavhum bo‘lib qolgani bilan bog‘liq.
Defensa Central nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli futbolchini sotib olish uchun madriddliklarga 50–60 million yevro miqdorida badal puli taklif qiladigan bo‘lyapti.
Ta’kidlash joizki, bu galgi summa “Liverpul” ilgariroq Rodrigo uchun “Real”ga to‘lashga tayyor bo‘lgan narxdan kam.
Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, ikki gol va to‘rt golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qilayapti.
Fikrlar