Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rodrining transferi "Real"ga qancha tushadi?

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Madridliklar xarajatga tayyormi?

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda. Jurnalist Serxio Valentinning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, angliyalik klub futbolchiga boshqa jamoalardan takliflar tushishini faol ravishda rag‘batlantirgan, biroq bu urinishlar natija bermagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodri o‘zining barcha boshqa variantlarini yopib qo‘ygan va faqat «Real»ga o‘tishni istamoqda. 

Futbolchining shu qat’iy pozitsiyasi madridliklar uchun muzokaralarda qo‘shimcha ustunlik berishi, natijada transferni nisbatan maqbul narxda amalga oshirish imkonini yaratishi mumkin.

Manbalar Rodrining «Real»ga o‘tishi 65–75 million yevro atrofidagi summa evaziga rasmiylashishi ehtimolini qayd etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rodri «Manchester Siti» tarkibida turli musobaqalarda jami 298 o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida 28 ta gol urgan va jamoadoshlariga 32 marta hal qiluvchi pas bergan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q