Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Rojer Federer bu g‘alabani uch yil kutdi

Zohir2018
Izohlar: 0

Madridda bahslar qizg‘in o‘tmoqda

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqada shveytsariyalik Rojer Federer kortga chiqdi.
Turnirning ikkinchi davrasidan ishtirokini boshlagan Rojer, mazkur bosqichda frantsiyalik Rishar Gaskeni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Federer "Mutua Madrid Open"ning uchinchi bosqichida vengriyalik Marton Fuchovich, yoki yana bir frantsiyalik tennischi Gael Monfisga qarshi raqobatlashadi.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q