Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Rojer Federer Galleda tengsiz ekanini isbotladi

Zohir2018
Izohlar: 0

U bu sovrinni o‘ninchi bor boshi uzra ko‘tardi

Germaniyaning Galle shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan "Noventi Open" turnirining yakkalik bahslarida shveytsariyalik Rojer Federer bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning final uchrashuvida Rojerga belgiyalik David Goffin qarshilik ko‘rsatdi. Unda Federer dastlabki setni tay-brekda o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa "Noventi Open"ning g‘olibiga aylangan R.Federer 500 reytin ochkosi va 429,955 evro pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q