"Rolan Garros". Final juftligi ma’lum
Alkaras iroda namoyish etdi
"Rolan Garros" turnirining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Kecha Aleksandr Zverev mazkur musobaqa yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuvda norvegiyalik tennischi Kasper Ruudni 4 set yakuniga ko‘ra (2:6, 6:2, 6:4, 6:2) taslim etdi. Bundan tashqari, yarim finalning navbatdagi bahsida Karlos Alkaras jahonning ikkinchi raketkasi italiyalik Yannik Sinnerni mag‘lubiyatga uchratib, (2:6, 6:3, 3:6, 6:4, 6:3) finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, "Katta Dubulg‘a" tasnifiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining hal qiluvchi bahsida Aleksandr Zverev hamda Karlos Alkaras kortga chiqadi.


Izohlar (0)