"Roma" Angliyadan vinger olib kelmoqchi

  • 15.08.2025 14:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Eldor Shomurodovni ijaraga berib yuborgan "Roma" "Manchester Yunayted"  vingeri Jeydon Sanchoni sotib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, "bo‘rilar" angliyalik futbolchi uchun birinchi taklifni yuborgan. Rimliklar Sancho uchun 20 million evrodan voz kechishga tayyorligini ma’lum qildi. 25 yoshli futbolchi hali hamon MYu mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortmoqda. Hujumchining "Transfermarkt"dagi narxi 28 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Sancho 2021 yilda 85 million evro evaziga "Borussiya Dortmund"dan "qizil iblislar" safiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!